GRANIK JANGI haqida malumot bilib oling.
GRANIK JANGI — Aleksandr qoʻshini bilan Doro III qoʻshinlari urtasidagi jang (mil. av. 334-y. bahori). Marmara dengiziga quyiladigan Turkiyadagi Xojabosh daryosi (yunoncha Granik) buyida sodir boʻlgan. Mil. av. 334-y. makedon qoʻshini (30 ming piyoda va 5 ming otliqaskar) Gellespontni kechib oʻtgan. Lidiya satrapi Arzites qoʻmondonligi ostidagi fors qushini (30—40 ming askar) Granik daryosining baland ung qirgʻogʻini egallagan. Makedoniyaliklarning yengil piyodalar koʻmak berib turgan ogʻir qurol-yarogʻli otliq qoʻshini Granik daryosini kechib oʻtib forslarning soʻl qanotini yanchib tashlagan. Ayni paytda makedoniyaliklar forslarning ilgʻori va oʻng qanotini ham chekinishga majbur qilishgan. Forslarning asosiy kuchlari (yunonlardan iborat yollanma piyodalar) qurshab olinib tor-mor qilingan. Forslar 20 mingdan oshiq askaridan ayrilganlar. Granik jangi dagi gʻalaba Aleksandrga Kichik Osiyoga kirish yoʻlini ochib berib, bu bilan Eronning Aleksandr tomonidan zabt etilishi boshlangan.
Ad.: Arria n , Poxod Aleksandra, M. — L., 1962.
Ensiklopediya.uz
GRANIK JANGI