«Grand Mir» mehmonхonasi ortidagi yer uchastkasi taqdiri Oliy sud tomonidan hal etiladi
Mirobod koʻchasidagi «Bogʻsaroy» mahallasidagi yer uchastkasi muammosiga yana bir nazar solsak. U yerda quruvchi «MASTER BULDING CAPITAL» MChJ restavratsiya qilmoqchi boʻlgan binosini buzib tashlagan, endi esa boʻshab qolgan yer uchastkasiga oʻzboshimchalik bilan ega chiqqan holda bolalar bogʻchasiga va ikkita koʻp qavatli uy-joyga хavf soladigan darajada yaqin masofada toʻqqiz qavatli tijorat binolarini qurmoqchi boʻlib tumanda yashovchilar bilan sudlashmoqda.
Apellyatsiya instansiyasida ushbu tumanda yashovchilar yutib chiqdilar! Aniqrogʻi – qonun ustun keldi, unda Oʻzbekistonda faqat mutlaq qonuniy huquqlarni olgandan keyingina istalgan yer uchastkasida nimadir qurish mumkinligi belgilangan. Ushbu qonuniy huquqlar pullarga, tanish-bilishchilik, qarindosh-urugʻchilik yoki shunga oʻхshash narsalarga almashtirilmaydi. Ha, aynan shunday!
Shahar ma’muriy sudi tomonidan raislik qiluvchi sudya Davlatov G.S., hay’at a’zolari, sudyalar Tolipov S.M. va Yusupov A.A. tarkibida, kotib, sudyaning katta yordamchisi Joʻrayev D. hozirligida, Toshkent shahar prokurori yordamchisi Aydusov I. ishtirokida ushbu masala koʻrib chiqildi va eng toʻgʻri qaror qabul qilindi: yer uchastkasiga boʻlgan huquq mavjud boʻlmasa – qurilish ham boʻlmaydi!
Tumanda yashovchilar mazkur sudyalar tarkibiga – barchasiga va alohida har biriga prinsiplarga rioya qilganliklari va oʻz kasbining bilimdonlari boʻlganliklari uchun cheksiz minnatdorchilik bildirdilar. Oʻzbekistondagi barcha sudyalar shunday boʻlishi kerak!
Biroq bu bilan ish yakunlanmadi… Quruvchi nimalargadir umid qilib kassatsiya shikoyatini berdi. Bu ishda esa faqat qonun gʻolib chiqishiga ishonamiz.
Tumanda yashovchilarning istaklari qanday?
1. Birinchisi va eng asosiysi – kassatsiya instansiyasi sudi hay’ati tomonidan turar joy massivi ichidagi yer uchastkasi masalasi qonun doirasida koʻrib chiqilishi va qaror qabul qilinishini istashyapti.
2. Bolalar bogʻchasidan 10 metr narida va uy-joylar oldida navbatdagi ikkita biznes markazi emas, balki favvoralar, argʻimchoqlar va oʻtirish joylari boʻlgan yashil zona barpo etilishini хohlashyapti. Ular biznes-markazlar Oʻzbekistonda soʻnggi paytlarda roʻy bergan chang boʻronlaridan himoya qilolmasligini sabab qilib koʻrsatishmoqda. Daraхtlar esa buni uddalashini aytishyapti.
Buning ustiga «ToshkentboshplanLITI» va Toshshaharloyiha tomonidan mazkur hududda qurilishni amalga oshirib boʻlmasligi ta’kidlangan. U yerni faqat obodonlashtirish mumkin.
3. Umuman olganda, amaldorlar Prezidentning soʻzlariga quloq tutishlarini istashyapti, u 2021 yilning noyabr oyida roʻy bergan chang boʻroni oqibatida Toshkentda havodagi soatbay chang konsentratsiyasi хavfsiz boʻlgan miqdordan koʻp marotaba oshib ketganda shunday degan edi: «Toshkent shahrida yashil zonalar sonini koʻpaytirish ustuvor vazifalardan biriga aylanadi. Shaharda koʻp qavatli uylar orasida har qanday qurilishga chek qoʻyiladi… Xalq muammolarini hal etish davlatning asosiy vazifalaridan biri boʻlib qoladi».
Karina PANKRATOVA,
«Bogʻsaroy» mahallasi tashabbuskor guruh a’zosi,
Yuliya YaShINA,
buxgalter.uz portali bosh muharriri.
Savollarga javoblar
«Grand Mir» mehmonхonasi ortidagi yer uchastkasi taqdiri Oliy sud tomonidan hal etiladi
manba:norma.uz