GRANATA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRANATA haqida malumot bilib oling.

GRANATA (ital. — granata) — jangovar qurollarning bir turi; portlovchi (zaryadli) snaryadlarning umumiy nomi. Birinchi marta 16-a. da qoʻl b-n irgʻitiladigan, 17-a. da artilleriya G. lari paydo boʻldi. Dastlabki Granata larda zaryad sifatida yorituvchi yoki yondiruvchi moddalar, keyinchalik porox ishlatilgan, hozirgi Granata larda asosan trotil deb ataladigan portlovchi modda ishlatiladi. Granataning korpusi poʻlat yoki poʻlatsimon choʻyandan yasaladi. Portlash taʼsiriga koʻra G. lar parchalanuvchi (dushman jonli kuchlari va texnikasiga shikast yetkazish uchun qoʻllaniladi), parchalanuvchi-fugas va fugas Granata (mudofaa istehkomlarini portlovchi zaryad gazi kuchi bilan vayron qilish hamda jonli kuchlarga shikast yetkazish uchun qoʻllaniladi), parchalanuvchi-yondiruvchi xillarga (kichik kalibrli zenit artilleriyasida qoʻllaniladi) boʻlinadi. Qoʻl bilan irgʻitiladigan Granatalar parchalanuvchi va tankka qarshi qoʻllaniladigan; mexanizmining tuzilishiga koʻra, zarb taʼsirida tez portlaydigan va maʼlum vaqtdan keyin portlaydigan Granata larga boʻlinadi. Maʼlum vaqtdan keyin portlaydigan Granatalar pana joylarda hujumga oʻtilganda va b. hollarda qoʻllaniladi, zarb taʼsirida tez portlaydigan Granatalar esa tankka qarshi, pulemyot va b. xil oʻt ochish nuqtalarini vayron qilishda ishlatiladi. Mashq G. laridan harbiy qism (boʻlinma)larda askarlarni va sport maydonlarida sportchilarni Granata irgʻitishga oʻrgatishda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
GRANATA