GRAMPIAN TOGʻLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRAMPIAN TOGʻLARI haqida malumot bilib oling.

GRAMPIAN TOGʻLARI — Shim. Shot landiya togʻligining jan. qismi; Buyuk Britaniyadagi eng baland togʻlar. Shim. da Glen-Mor vodiysi, jan. da Shotlandiya payettekisligi bilan chegaralangan. Uz. 250 km, eni 100 km. Eng baland choʻqqisi — Ben-Nevis (1343 m). Toʻrtlamchi davrdagi muzlanishning izlari qolgan. Veresk oʻsib yotgan yaylovlar, torf botqoqliklari, vodiylarda tilogʻoch oʻrmonlari bor. Moʻtadil okean iqlimi, yozi salqin, yiliga 1000 mm yogʻin yogʻadi.

Ensiklopediya.uz
GRAMPIAN TOGʻLARI