GRAAF PUFAKCHASI haqida malumot bilib oling.
GRAAF PUFAKCHASI (golland anatomi R. Graaf nomidan) — odam va sut emizuvchi hayvonlar tuxumdonida tuxum hujayra yetiladigan pufakcha (follikul). Yetilgan Graaf pufakchasi yorilgach, ichidagi tuxum hujayra qorin boʻshligʻiga tushadi, undan bachadon nayiga (tuxum yoʻliga) kiradi. Yorilgan Graaf pufakchasi oʻrnida muvaqqat endokrin bez — sariq tana hosil boʻladi.
Ensiklopediya.uz
GRAAF PUFAKCHASI