GOTLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GOTLAR haqida malumot bilib oling.

GOTLAR — milodning boshlarida yashagan sharqiy german qabilalaridan biri. Tarixchi Iordan (6-a.) asarida Gotlarning asl vatani Skandinaviya boʻlib, keyinchalik Boltiq dengizi boʻylari, Vislaning quyi oqimidagi yerlarda yashaganligi koʻrsatilgan. 2-a. oxirida jan.-sharqqa siljib, 3-a. boshlarida Shim. Qora dengiz boʻylarida oʻrnashib qolishgan. Bu yerda ular yerli skif va sarmat qabilalari bilan aralashganlar. 238-y. dan boshlab Gotlar boshqa qabilalar bilan ittifoq tuzib, Rim imperiyasi, Bolqon, Kichik Osiyo ya. o. lariga qarbiy yurishlar uyushtirishgan, 271-y. da G. Rim imperiyasining Dakiya viloyatini bosib oladi. Qora dengiz boʻyidagi va Rim imperiyasidagi shaharlarning rivojlangan madaniyati Gotlar madaniyatining oʻsishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Gotlar shu davrda vestgotlar (hoz. Moldova va Ruminiyaning sharqiy tomonlaridagi yerlarda yashaydigan), ostgotlar (Shim. Kora dengiz boʻyi, Dnestrning sharqiy tomonlarida yashovchi) guruhlarga boʻlingan. 4-a. oʻrtalarida vestgotlar orasida xristianlik Tapqala boshladi. 4-a. ning 70-y. larida gunnlar G. ning yerlariga hujum qilishib, 375-y. da vestgot, ostgot hamda ularga qoʻshni dasht qabilalari ittifoqini tor-mor etishadi. Shundan soʻng vestgot va ostgotlarning tarixi alohida-alohida izdan ketadi.

Ad:. Iordan . O proisxojdenii i deyaniyax getov, M., 1960.

Ensiklopediya.uz
GOTLAR