Go‘shtli xitoycha sous
Zarur mahsulotlar: 400 gr. laxm go‘sht, 1 dona tuxum, 2 dona sabzi, 2 dona baqlajon, 1 dona pamidor, 1 dona bulg‘or qalampiri, 1dona qalampir, 3 osh qoshiq tomat pastasi, 3 osh qoshiq soya sousi, 2 osh qoshiq olma sirkasi, 2 osh qoshiq shakar, 1 osh qoshiq kraxmal, 1 osh qoshiq un, o‘simlik yog‘i, tuz kerak bo‘ladi. Tayyorlanishi: go‘shtni katta somoncha shaklda to‘g‘rab olib un, kraxmal, soya sousi solib aralashtirilib 20 daqiqaga olib qo‘yiladi. Baqlajon, bulg‘or qalampiri mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Tovaga yog‘ solib baqlajon 2-3 daqiqa qovuriladi. So‘ngra bulg‘or qalampiri, somoncha shalda to‘g‘ralgan piyoz, sabzi, qalampir va pamidor solib qovurishda davom etiladi. Tayor bo‘lgan go‘shtni tovaga yog‘ solib qovuriladi. Go‘sht pishgach sabzavotli massani solinadi. Ketidan tomat pastasi, shakar, olmali sirka va suv solib 8-10 daqiqaga dimlab qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgan tushonkani gruch yoki makaron bilan dasturxonga tortishingiz mumkun. Yoqimli ishtaha! BEGOYIM soglom.uz/tavsiya/goshtli-xitoycha-sous/Go‘shtli xitoycha sous
DO`STLARGA ULASHING:
Go‘shtli xitoycha sous