GORNO-ALTAYSK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GORNO-ALTAYSK haqida malumot bilib oling.

GORNO-ALTAYSK (1932-y. gacha Ulala, 1948-y. gacha Oyrot-Tura) — RFdagi shahar (1928-y. dan). Oltoy Respublikasining markazi. Oltoy togʻlarining etaklarida, Mayma daryosi boʻyida (Katun daryosiga quyilish yerida), Biysk t. y. stansiyasi va Biysk pristanidan 96 km jan.-sharqda. Aholisi qariyb 48 ming kishi. Toʻr parda, mebel, poyabzal, tikuvchilik va toʻquvchilik f-kalari, temir-beton buyumlari zdi, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. G.-A. 19-a. boshida vujudga kelgan.

Ensiklopediya.uz
GORNO-ALTAYSK