GORIZONTAL TELESKOP haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GORIZONTAL TELESKOP haqida malumot bilib oling.

GORIZONTAL TELESKOP — optik oʻqi gorizontal joylashgan astronomik asbob. Quyosh betidagi granulalar, doglar va h. k. fotosuratini olishda ishlatiladi. Gorizontal teleskopda selostatdan keyin yordamchi koʻzgudan qaytgan quyosh nuri dastasi tasvir yasovchi optik sistemaga boradi. Yordamchi koʻzgudan qaytgan nur teleskop darchasidan oʻtib, parabolik shakldagi bosh koʻzguga tushadi. Bu koʻzgu Quyoshning 160 mm li tasvirini teleskopning Nyuton fokusida hosil qiladi. Bosh koʻzguning vaziyatini oʻzgartirish yoʻli bilan undan qaytgan nurni Kassegren koʻzgusiga tushirib, diametri 900 mm li Quyosh tasvirini olish mumkin. Quyoshning oq nurdagi tasvirini fotosuratga olish uchun Gorizontal teleskopning Nyuton va Kassegren fokusiga kamera oʻrnatiladi. Gorizontal teleskop Toshkent astronomiya in-tida ham bor.

Ensiklopediya.uz
GORIZONTAL TELESKOP