Googledan qanday to’g’ri qidirish kerak?

Googledan qanday to’g’ri qidirish kerak?

Googledan qanday to'g'ri qidirish kerak?

Googledan qanday to’g’ri qidirish kerak?

Ko’pchilik hozirgi internet davrida ham haligacha Googledan to’g’ri qidiruv berishni bilmasligi ajablanarli. Bunday muammoga sizlar duch kelmasligingiz uchun, quyida qisqacha qo’llanmani qoldiraman.

Avvalo, nima izlayotganingizni aniqlab oling:

1) Kundalik ishlar uchun — Google;

2) Kitoblar uchun — Google Books;

3) Ilmiy — Google Scholar;

4) Yangiliklar uchun — Google news;

5) Patenlar uchun — Google patents;

6) Albatta rasmlar uchun — Google images.

Agar mavzuni va tilni yaxshi bilsangiz, imkon qadar ingliz tilida qidirgan ma’qul. Yoki rus tilida. Lekin hozir ma’lumotlar o’zbek tilidayam ko’payib qolgan.

Juda ko’p so’zlar bilan qidirmang, shu bilan birga bittagina so’z ham yozmang. Juda ko’p ma’lumot ichida qolib ketasiz.

Endi asosiysi, aniq natijaga qanday erishish mumkin:

❗️Agar Gugl sizga aniq bitta iborani chiqarishini istasangiz, uni «» qo’shtirnoqqa oling.

❗️Nimanidur chiqarib tashlamoqchi bo’lsangiz «-» minusni ishlating;

❗️Agar qaysidur aniq bir saytdan qidirsangiz, so’rov oldidan site: deb yozib, keyin savolni kiriting. Masalan, site:kun.uz Panda Books deb yozsangiz, u shu saytdagi Panda Books haqidagi barcha ma’lumotlarni chiqarib beradi.

❗️Agar ayni ikkita so’z kerak bo’lsa and: «books» and «psychology» desangiz, shu ikki so’zga oid manbalar chiqib keladi. Ajratmoqchi bo’lsangiz, Or: yozsangiz bo’ladi.

❗️Agar vaqt davrini ajratmoqchi bo’lsangiz, after va before so’zlarini ishlating Trends about books after:2020

Umuman olganda, sizga kerak bo’lishi mumkin bo’lgan, eng muhim layfhaklar shulardan iborat. endi bundan keyin Googledan o’zlariz ham bemalol narsalar yaxshiroq topishlarizga aminman.

Manba:

Boshqalar
Googledan qanday to’g’ri qidirish kerak?