Google kompaniyasi dasturchisi bo’lish uchun 11 talab
Google kompaniyasi dasturchisi bo’lish uchun 11 talab
DO`STLARGA ULASHING:
Google kompaniyasi dunyodagi eng yirik ish beruvchi hisoblanib, ayniqsa dasturchilar bu yerda tom ma’noda yulduz sanaladilar va shunga mos taqdirlanadilar.
Kompaniyada yillik maosh o’rtacha 70 ming AQSH dollaridan 90 minggacha bo’lgan bir paytda, Google dasturchilarga 118 ming va katta dasturchilarga o’rtacha 153 ming AQSH dollari miqdorida maosh to’lashga tayyor.
Biroq Googleplex oilasiga kirish oson ish emas. Kompaniyaga yiliga 2.5 milliondan ortiq odam ish so’rab murojaat etsa, shundan 4000 nafarigagina Google oilasiga kirish nasib etadi.
Kelgusida Google kompaniyasida ishlashni xohlovchi dasturchilar uchun Google Ta’lim markazi o’zining bilimlar ro‘yxatini e’lon qildi.
“Kompyuter texnologiyalaridan fundamental bilimga ega bo’lish injener dasturchi uchun juda muhim” – ta’kidlaydi Google. “Ushbu qo’llanma oliy o’quv yurti talabalariga o’z bilimlarini ta’lim jarayonida, mustaqil va amaliy tarzda oshirishlari uchun yo’l ko’rsatadi”.
Marhamat, Google dasturchilari egallashi lozim bo’lgan 11 bilim va malaka quyidagilardan iborat:
1. Axborot texnologiyalari bo’yicha fundamental bilimlar.
2. C++, Java, Python kabi obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillaridan birini chuqur o’rganing.
3. Java Script, CSS, Ruby yoki HTML kabi dasturlash tillarini bilimingiz omboriga qo’shing.
4. Dastu kodini testdan o’tkazing. Kodni analiz qilishni va xatoni topishni o’rganing. Dasturchilar yaxshi biladilarki, koddagi BUGni topish oson ish emas.
5. Abstrakt matematikani o’rganing. Ko’plab kompyuter sohalari mantiqiy hisoblash va diskret matematikaga asoslangan.
6. Algoritm va ma’lumotlar strukturasini o’rganing. Qatorlar, massivlar kabi ma’lumotlar turlari hamda saralash usullarini bo’yicha bilimlar Google uchun juda muhim.
7. Operatsion tizimlarni chuqur o’rganing. Sababi kompaniyada asosiy ishingiz ular bilan bog’liq bo’ladi.
8. Sun’iy intellekt tizimlar bilan tanishing. Google robotlarni yoqtiradi va yaqin kelajakda ularga talab sezilarli ortadi.
9. Kompilyator yaratishni o’rganing.
10. Kriptografiya. Axborot xavfsizligi har doim ham hal qiluvchi mavqega ega bo’lib kelgan.
11. Parallel dasturlashni o’rganing. Ulkan hisoblash ishlarini amalga oshirish, minglab funksiyalarni boshqarish katta mahorat.
Ammo Google nomzodlarning faqatgina texnik bilimlariga emas, ularning insoniy jihatlariga ham katta e’tibor berishini unutmang!
Google kompaniyasi dasturchisi bo’lish uchun 11 talab