Google I/O 2017 Extended IUT

Google I/O 2017 Extended IUT

Google I/O 2017 Extended IUT

2017-yil 20-may kuni Toshkentdagi Inha Universitetida «Google I/O 2017 Extended IUT» konferensiyasi o’tkaziladi. Ushbu konferensiya O’zbekistonda 3-bor o’tkazilmoqda.

Umuman olganda, Google I/O konferensiyalari 2008-yildan boshlab Google kompaniyasi tomonidan o’tkazilinib kelinadi. «I/O» — atamasiga turlicha izoh berishadi, «Innovation in the Open» yoki dasturlashdagi input/output(kiritish/chiqarish). Bundan tashqari, «I» va «O» nol va birni ham eslatadi. Bu konferensiyalarda asosan Google kompaniyasining mahsulotlari, ulardagi imkoniyatlar, xizmatlaridagi yangi funksiyalar, yangi xizmatlar va mahsulotlar haqida so’z yuritiladi.

«Google I/O 2017 Extended IUT» tadbirida ishtirokchilar turli taqdimotlarda, ma’ruzalarda va dastulash bo’yicha sessiyalar ishlarida, shu bilan birga, kibersport bo’yicha musobaqada qatnashishlari mumkin. Buning uchun esa, mamlakatimizning nufuzli axborot texnologiyalari kompaniyalari yetakchi mutaxassislari, tadqiqotchilar taklif etilgan. Bu galgi konferensiya bir nechta yo’nalishlarga bo’lingan bo’lib, ularda hozirgi zamonaviy yuqori texnologiyalar, dasturlash tillari, turli xil platfomalar haqida so’z boradi. Taqdimotlar, ma’ruzalar konferensiyaga taklif etilgan mehmonlar takliflariga binoan, o’zbek, rus yoki ingliz tillarida bo’ladi. Va hamma ma’ruzalar va taqdimotlar videoga tasvirga tushirilib, keyinchalik internetga joylanishi rejalashtirilmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, tadbirni o’tkazishda Inha Universiteti talabalari har doimgidek faol ishtirok etishmoqda.

Ushbu konferensiyada qatnashish uchun, konferensiya saytida ro’yxatdan o’tish lozim.

Konferensiya bilan birgalikda «UzGeeks May2017 Meetup» hamda, birinchi bor «Texnoman Conf #0» ham o’tkazilmoqda.

Taklif etilgan mehmonlar ro’yxati!

O’tgan yilgi konferensiya qanday bo’lganini bu yerda ko’rishingiz mumkin.

Sizni ham 20-may kuni Toshkentdagi Inha Universitetiga, katta AT «bayram»iga taklif etamiz!!!

Yangiliklar
Google I/O 2017 Extended IUT