Gonoreya (so’zak) — alomatlari, tashxislash, davolash, oldini olish

Gonoreya (so’zak) — alomatlari, tashxislash, davolash, oldini olish

Gonoreya (qad. yun. γόνος — «urug’ suyuqligi» va ῥέω — «oqaman«), so’zak — grammanfiy diplokokk — gonokokk Neisseria gonorrheae tomonidan chaqiriladigan infektsion kasallik, jinsiy yo’l bilan yuqadi. Venerik kasalliklar toifasiga kiradi.

svg%3EGonoreya yoxud so'zak kasalligi

U erkaklarga ham, ayollarga ham ta’sir qilishi mumkin, asosan jinsiy va siydik chiqarish a’zolari shilliq qavatining shikastlanishi bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, muayyan hollarda to’g’ri ichak, kon’yuktiva, og’iz-halqum shilliq qavatlari ham shikastlanishi mumkin. Bu 15-24 yoshdagi kishilar orasida juda ko’p uchraydigan infektsiya hisoblanadi.

Gonoreya qanday yuqadi

Gonoreya kasallangan bemorlar bilan anal, vaginal yoki oral jinsiy aloqada bolish orqali yuqadi.

So’zak bilan kasallangan homilador ayol tug’ruq vaqtida uni chaqalog’iga yuqtirishi mumkin.

So’zak bilan kasallanishdan qanday qilib qochish mumkin

Gonoreyadan quyidagi usullar yordamida himoyalanish mumkin:

  • Jinsiy aloqani istisno etish;
  • Tahlillari JYYK yo’qligini ko’rsatgan hamroh bilan uzoq muddatli o’zaro monogam munosabatlarda bo’lish;
  • Jinsiy aloqaga kirishishda himoya vositalaridan foydalanish.

Kasallanish xavfi

Faol jinsiy hayotga ega bo’lgan har qanday kishi himoyalanmagan anal, vaginal yoki oral jinsiy aloqa qilish natijasida gonoreya bilan kasallanishi mumkin.

Agar faol jinsiy hayot olib borsangiz, shifokor bilan samimiy va ochiqcha gaplashib, gonoreya yoki boshqa jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar uchun tekshiruvdan o’tish kerakligini muhokama qiling.

Homiladorlikda so’zak: homilaga ta’siri

Agar ayol homilador bo’lsa va unda gonoreya bo’lsa, tug’ruq vaqtida kasallik chaqaloqqa yuqishi mumkin. Bu bolada jiddiy kasalliklarga olib kelishi ehtimoli mavjud.

Agar homilador bo’lsangiz, shifokor bilan suhbatlashib, kerakli tekshiruvlardan o’tish va zarurat tug’ilganda davolanish kursini o’tashingiz kerak. Mumkin bo’lgan taqdirda, so’zakni erta muddatlarda davolash bolaning salomatligiga yetadigan zarar ehtimolligini kamaytiradi.

Erkaklar va ayollarda gonoreya alomatlari

Kasallik infektsiyalanishdan 3-7 kun o’tib namoyon bo’la boshlaydi. O’tkir yoki surunkali shaklda kechadi.

So’zak kasalligi bilan og’rigan erkak bemorlarning ayrimlarida hech qanday alomat kuzatilmasligi ham uchraydi. Biroq, kasallik alomatlari kuzatiladigan erkaklarda quyidagi belgilar qayd qilinishi mumkin:

  • Siydik chiqarish paytida achishish hissi;
  • Jinsiy olatdan oq, sariq yoki yashil oqma ajralishi;
  • Moyaklarning og’rishi yoki shishganligi (bu belgi kamroq tarqalgan).

Bemor ayollarning aksariyatida alomatlar kuzatilmaydi. Kuzatilgan taqdirda ham, ko’p hollarda ular juda zaif ifodalanadi va siydik pufagi yoki qin infektsiyasi bilan adashtirilishi mumkin. Biroq, so’zak alomatlarining kuzatilmasligi jiddiy asoratlar rivojlanishi xavfini istisno etmaydi.

Ayollarda kasallik belgilari quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

  • Siydik chiqarish paytida og’riq yoki achish hissi;
  • Vaginal ajralmalar miqdorining oshishi;
  • Menstruatsiyalar orasida qon ketishlar.

Rektial infektsiyalar ham erkaklar va ayollarda hech qanday alomatlar keltirib chiqarmasligi yoki quyidagi belgilar bilan ifodalanishi mumkin:

  • Ajralmalar;
  • Orqa chiqaruv teshigida qichishish;
  • Og’riq;
  • Qon ketishi;
  • Og’riqli defekatsiya.

Agar ushbu belgilarning birortasini his qilsangiz yoki sizning juftingizda JYYK yoki JYYK belgilari bo’lsa, masalan noodatiy yaralar, noxush hidli ajralmalar, siyish jarayonida achish hissi yoki menstruatsiyalar orasida qon ketishi kabi, bu holda shifokorga uchrashib, tekshiruvlardan o’tish zarur.

Tashxislash

Ko’p hollarda gonoreyaga tekshirish uchun siydik tahlilini qo’llash mumkin. Ammo oral / anal jinsiy aloqalar bo’lgan bo’lsa, tomoq yoki to’g’ri ichakdan surtma olish talab etiladi.

Gonoreyani davolash

So’zak davosi bor kasallik hisoblanadi. Mavjud infektsiyani davolash uchun shifokor tomonidan tavsiya etilgan barcha dori-darmonlarni qabul qilish muhimdir. Gonoreyani davolash davomida dori-darmonlarni boshqalarga berish taqiqlanadi. Preparatlar infektsiyani to’xtatishi mumkin bo’lsa-da, u kasallik yetkazgan zarar o’rnini tiklamaydi.

So’nggi vaqtlarda gonoreya holatlarini davolash qiyinlashmoqda, chunki dori ta’siriga chidamli bakteriya shtammlari soni oshgan. Agar kasallik alomatlari davolanishdan bir necha kun o’tgach ham davom etadigan bo’lsa, qayta tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.

Qachon jinsiy aloqaga qaytish mumkin

Jinsiy aloqaga kirishishdan oldin, barcha dori-darmonlar qabuli tugagandan keyin yetti kun kutish kerak.

Gonoreya bilan qayta kasallanish yoki uni qayta yuqtirib olmaslik uchun jinsiy hamrohlaringizning barchasi to’liq davolanish kursini o’tamaguncha jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Oldin davolanganlik so’zak bilan kasallangan bemor bilan jinsiy aloqa qilganda qayta kasallanishni istisno etmaydi.

Asoratlari

Davolanilmagan gonoreya erkaklarda ham, ayollarda ham salomatlikka jiddiy yoki tiklanmas shikast yetkazishi mumkin.

Ayollarda so’zak kichik chanoq a’zolarining yallig’lanish kasalligiga sabab bo’lishi mumkin. Uning ayrim asoratlari:

  • Bachadon naychalarini bloklaydigan chandiq to’qima hosil bo’lishi;
  • Ektopik homiladorlik (bachadondan tashqi homiladorlik);
  • Bepushtlik;
  • Kichik tosda / qorin bo’shlig’ida uzoq muddatli og’riq.

Erkaklarda gonoreya moyaklar bilan bog’langan naychalarda og’riqli holatga olib kelishi mumkin. Kamdan-kam hollarda u erkakning bepushtligiga sabab bo’ladi.

Juda kam hollarda davolanmagan gonoreya qon yoki bo’g’imlarga o’tishi kuzatiladi. Bu holat hayot uchun xavfli hisoblanadi.

Kasalliklar
davolash, Gonoreya (so’zak) — alomatlari, oldini olish, tashxislash