GOLLIVUD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GOLLIVUD haqida malumot bilib oling.

GOLLIVUD (Hollywood) — amerika kinematografiyasining markazi. Kaliforniya shtatining Los Anjeles sh. da joylashgan. Filmlarni suratga olishni 1908-y. boshlagan. 1913—15y. laresa AQSH kino sanoati markaziga aylangan. 20-y. lardan «Metro-Goldvinmayer», «20 asr — Foks», «Paramaunt», «Uorner brazers», «Kolambiya», «RKO-radio» kino kompaniyalari faoliyat koʻrsata boshladi. Gollivudda amerika kinematografiyasining asosiy oʻziga xos tomonlari shakllandi: «kinoyulduz» tizimini yaratish, kinodramaturgiyani standartlashtirish, filmlarni konveyer usulida ishlab chiqarish va b. G. da turli davrlarda Ch. Chaplin, E. Shtrogeym, K. Vidor, J. Ford, U. Uayler, F. Kapra kabi kino dargʻalari ishlagan. Kinokompaniyaning jaholatparastlikka berilishi, kinoprokat xarajatlarining koʻpayib ketishi, filmlarning badiiy jihatdan sayozlashuvi, televideniye hamda Nyu-Yorkda mustaqil ishlayotgan kino arboblar raqobati Gollivudni inqirozga olib keldi (ayniqsa 50—60y. lar). 70-y. lardan Gollivud yana oʻz qaddini tiklay boshladi. 80-y. lardan esa yana jahondagi eng yirik kino markaziga aylandi. Oʻz faoliyatini faollashtirib, qiziqarli badiiy filmlar ishladi.

«Gladiator» (rej. R. Skott, 2000), «Kema halokatidan jabr koʻrgan» (R. Zemekis, 2000), «Ayollar nima xoxlaydi» (N. Meyers, 2000), «Tigʻiz payt» (R. Ratner, 2001), «Boshqalar» (A. Amenabar, 2001) kabilar Gollivudning soʻnggi yillar yaratgan eng yaxshi filmlaridir. Rassel Krou, Xoakin Feniks, Jim Kerri, Maykl Duglas, Entoni Xopkins, Richard Xaris, Mel Gibson, Kameron Diaz, Lyusi Lu, Jeki Chan, Kris Taker, Stiver Seybl, Laura Der va b. G. ning eng mashhur aktyorlaridir.

Ensiklopediya.uz
GOLLIVUD