GOLL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GOLL haqida malumot bilib oling.

GOLL (Gaulle) Sharl de (1890.22.11, Lill — 1970.9.11, Kolombele Dyoz-Egliz) — Fransiya prezidenti (1959 — 69). 1940-y. Londonda antigitlerchilar koalitsiyasiga qoʻshilgan. «Ozod Fransiya» (1942-y. dan «Kurashayotgan Fransiya») vatanparvarlik harakatiga, 1941-y. esa «Fransiya milliy qoʻmitasi»ga asos solgan. 1943-y. Jazoirda tuzilgan «Fransiyani ozod qilish milliy qoʻmitasi»ga rahbar boʻlgan. 1944-y. iyunda Goll bu qoʻmitani Fransiya Respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylantirgan. Fransiya Muvaqqat hukumati boshligʻi (1944—46 y. yanv.). Urushdan soʻng «Fransuz xalqini birlashtirish» partiyasi tashkilotchisi va rahbari. 1958-y. Fransiya bosh vaziri. Gollning tashabbusi bilan prezident huquqini kengaytiruvchi yangi konstitutsiya tayyorlangan (1958). Uning prezidentligi davrida Fransiya oʻzining yadroviy kurolini barpo etish rejalarini amalga oshirgan, NATO harbiy tashkilotidan chiqqan.

Ensiklopediya.uz
GOLL