GOLBAX haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GOLBAX haqida malumot bilib oling.

GOLBAX (Holbach) Pol Anri (1723, Geydesgeym, Pfals — 1789.21.6, Parij) — fransuz faylasufi, D. Didro va K. Gelvetsii safdoshi, «Ensiklopediyami yaratishda qatnashgan. Fransuz materializmi va ateizmining asosiy asari hisoblangan «Tabiat tizimi yoki Tabiiy va ruhiy olam qonunlari toʻgʻrisida» kitobini yozgan, unda sensualizm, determinizm va ateizm izchillik bilan qisqa bayon qilinadi, materiya abadiy va yaratilmagan deb uqtiriladi, u asta-sekin rivojlanish va oʻzgarish jarayonida real dunyodagi turli-tuman narsalarning hammasini keltirib chiqaradi. Dekartga qarama-qarshi oʻlaroq kishilarda «tugʻma gʻoya»lar yoʻq deb hisoblaydi. Materiyada inersiya, tortish va bir-biridan qochish roʻy berganidek, ongda jaxrlat, ishqiy mayl, nafrat namoyon boʻlib boradi.

Ensiklopediya.uz
GOLBAX