Goʼdakni uyquga yotqizamiz
Goʼdakni uyquga yotqizamiz
DO`STLARGA ULASHING:
Kun mobaynida goʼdak kayfiyati tamoman uyquga bogʼliq. Kundalik uyqu oldi tartibi goʼdakda xavfsizlik tuygʼusini keltirib, uyqu payti yaqinlashganini bildiradi. Tiniq va sogʼlom uyqu goʼdakning jismoniy va ruhiy rivojlanishining asoslaridan biridir. Uyqu goʼdakka sogʼlom oʼsishda, ota-onaga esa tinch damni taʼminlaydi.
Yangi tugʼilgan goʼdak kerakli miqdorda uxlaydi. Uyqu vaqti sizning uyqingizdan farqli boʼlib, individual holatga ega boʼladi. Аyrim goʼdaklar koʼproq kunduzi, boshqalari kechasi uxlashadi. Аsta sekin bu holat oʼzgaradi, uygʼoqlik davri uzayib, uyqusi tunga aylanadi.
Yodingizda tuting, goʼdak yotar joyi nafaqat qulay va chiroyli, balki xavfsiz boʼlish kerak! Toʼshak qattiq boʼlishi kerak. Ikki tomonli toʼshaklarni ishlatish mumkin, “yozgi” – chitlik, “qishki” – junli. Uyqu anjomlari tabiiy boʼlishiga eʼtibor bering; boʼz, chit, pahmoq, trikotaj.
Boshlanishiga goʼdakka 3-4 choyshab va 2-3 yopinchiq kerak boʼladi. Goʼdakka yupqa va qalin yopinchiqlar kerak boʼladi. Goʼdak faqat sovib qolmasligini emas, balki isib ketmasligini ham taʼminlash kerak. Goʼdakning birinchi yilida yostiq kerak boʼlmaydi.
Goʼdak uyqu paytida tasodifan yopinchiqni boshiga tortib olmasligi uchun, mahsus belbogʼ va qisqichlardan foydalaning. Bamper (ingichka toʼshak, karavot chetiga taqiladi) goʼdakni karavot devorchalariga urilishdan saqlaydi, parda (baldaxin) esa quyoshning toʼgʼri nurlaridan, yelvizaklardan va hasharotlardan asraydi.
Goʼdak tinch uxlashi uchun mutaxassislar uyqu oldi parvarishi sifatida quyidagi tavsiyalarni beradilar:
Tinchlantiruvchi vanna, choʼmiltirish uchun koʼpik qoʼshish yordamida. Choʼmiltirish — bu aktiv kundan tinch kechaga oʼtishning eng yaxshi usulidir.
Tinchlantiruvchi massaj namlantiruvchi molochko yordamida. Yengil goʼdak molochkosi bilan massaj qilish goʼdakni tinch uyqu kayfiyatiga chorlaydi. Ona qoʼllarini goʼdakka tegishi goʼdak uchun yengillik va xavfsizlik tuygʼusini beradi.
Taglik almashtirish. Kechki uyqusiga xech narsa halal bermasligi uchun, uxlatishdan oldin taglikni almashtirish zarur.
Kechki ovqatlantirish. Tungi uygʼonishlar goʼdakning qorni ochligidan boʼlishi mumkin, shuning uchun kechki ovqatlantirishni yodda tuting.
Tungi alla yoki ertak. Onaning mayin ovozi goʼdakni osoyishta uxlashiga chorlaydi. Ertaklarni ovoz chiqarib oʼqish goʼdakka ijobiy taʼsir etadi, soʼz boyligi birinchi onlardanoq ortib boradi va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi.
Goʼdakni uyquga yotqizamiz