GOʻSHT UCHUN BOQILADIGAN KORAMOL ZOTLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GOʻSHT UCHUN BOQILADIGAN KORAMOL ZOTLARI haqida malumot bilib oling.

GOʻSHT UCHUN BOQILADIGAN KORAMOL ZOTLARI — yaylovda tez va yaxshi semiradigan mollar. Bularga qalmoqi (astraxon), qozoqi oq bosh, gereford, shortgorn, aberdin angus, santagertruda kabi zotlar kiradi. Sigirlarining vazni 500—550 kg, buqalariniki 850— 900 kg. Sogʻin davrida oʻrtacha 700—800 kg, ayrim hollardagina 2000—2500 kg sut beradi. Semirtirilgan 1,5—2 yashar mollarining vazni 400—560 kg, 8 oylik buzoqlarining vazni 180—210 kg. Ular tez yetiladi. 2 — 3 yashari semirtirilganda 60—65% goʻsht-yogʻ qiladi, terisidan sifatli charm tayyorlanadi. MDH mamlakatlarida umumiy goʻsht mahsulotlari hajmining 43% dan koʻprogʻi qoramol goʻshtiga tugʻri keladi. AQSH, Kanada, Markaziy va Jan. Amerika mamlakatlari, Avstraliya, Yangi Zelandiyada goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik rivojlangan. Oʻzbekistonda jaydari mollar bilan chatishtirilib, goʻshtdor qoramol podalari yaratilmoqda (q. Qoramolchilik).

Ensiklopediya.uz
GOʻSHT UCHUN BOQILADIGAN KORAMOL ZOTLARI