GOʻKSUV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GOʻKSUV haqida malumot bilib oling.

GOʻKSUV, Goʻksur — Turkmanistonning jan.-sharqiy qismida joylashadi qad. deqqonchilik vohasi. Goʻksuvda V. M. Masson boshchiligidagi Leningrad va Ashxobod arxeologik ekspeditsiyalari qazish ishlari olib borib (1955—60). Anov madaniyashita doir 10 dan ortiq qad. qishloq vayronalari (tepalari)ni oʻrgandi. Vohada eneolit davrining oʻtroq qabilalari yashagan. Goʻksuvdan koʻp xonali uylarning qoldiqlari, turli xil roʻzgʻor buyumlari va mehnat qurollari topildi. Xonalar, asosan, toʻrtburchak, baʼzan esa aylana shaqlida qurilib, devorlari xom gʻishtdan ishlangan va somonli loy b-n suvalgan. Uy ichida moʻrili oʻchoqlar, sandal oʻrinlari bor. Qad. Goʻksuv liklar rang-barang naqshli sopol idishlar, mis pichoqlar, oʻroQ, qadamalari, tosh paykonlar, yorgʻuchoq va oʻgʻirlar yasashga mohir boʻlgan. Xoʻjalikda ibtidoiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik muhim rol oʻynagan. Mozorlar gʻishtdan ishlangan maxsus oilaviy sagʻanalardan iborat. Sagʻanadagi mayyitlar gʻujanak qolda yon tomoni bilan yotqizilgan boʻlib, yoniga jimjimador naqshli xilma-xil rang-barang sopol idishlar qoʻyilgan. Goʻksuvdan ayollarning koʻplab terrakota haykalchalari topilgan. Goʻksuv madaniyati Dashlijin, Yalangʻoch va Goʻksuv bosqichlariga boʻlinib, ularning sanasi Anov I, II va III bosqichlariga toʻgʻri keladi.

Ensiklopediya.uz
GOʻKSUV