GNEYS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GNEYS haqida malumot bilib oling.

GNEYS (nem. Gneis) — granitoid tarkibli kristalli slanes. Choʻkindi va magmatik jinslarning metamorfizmga uchrashidan hosil boʻladi. Rangi oqish, kulrang, yashilsimon. Ichki tuzilishi granoblast va porfirblast, tashqi tuzilishi yoʻl-yoʻl («gneyssimon») massiv koʻrinishida. Tarkibida kvars, dala shpati, biotit, muskovit, amfibol, baʼzan avgit boʻladi. Bundan tashqari slanesda granat, sillimanit, aksessor minerallardan apatit, sirkon, sfen hamda rudali minerallar uchraydi. Tarkibidagi minerallarga qarab Gneyslar biotitli, amfibolli, piroksenli, granatli deb ataladi. Gneysni paydo boʻlishiga koʻra nemis geologi K. G. Rozenbush (1891) ortogneys va paragneysga ajratgan. Choʻkindi jinslarning metamorflanishidan paragneys, magmatik togʻ jinslarining metamorflanishidan ortogneys hosil boʻladi. G. Oʻzbekistonda Hisor togʻlarining jan.-sharqida, Sultonuvays, Ovminza togʻlarida bor. RF (Kola ya. o.), Ukraina, Kavkaz, Markaziy Osiyo va b. joylarda koʻp tarqalgan. Tokembriy davri jinslarida esa ayniqsa koʻp. Shagʻal tayyorlashda, yoʻlka plitalarida va bino poydevorlarini bezashda koʻp ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
GNEYS