GLYUKOFAJ tabletkasi haqida to’liq ma’lumot oling
DO`STLARGA ULASHING:
Glyukofaj tabletka
#Глюкофаж таблетка
💊DORI SHAKLI : tabletka
💊TARKIBI : 👇
Metformin gidroxlorid — 500 mg , 850 mg , 1000 mg dozalarda chiqadi.
💊TA’SIRIGA KO’RA : 👇
Qondagi qand miqdori oshganda tushiradi, qandli diabetda qabul qilinadigan preparat.
Gipoglikemik vosita
💊QO’LLANILISHI 👇
— Qandli diabetning 2 chi tipida qabul qilinadi
— Qandli diabetni davolashda monoterapiya va kompleks davo tarkibida qo’llaniladi.
— 10 yoshdan katta bo’lgan bolalarda va kattalarda qonda qand miqdori oshib ketganda qabul qilinadi.
💊QO’LLASH USULI 👇
Ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Preparat 500 mg , 850 mg va 1000 mg dozada chiqadi.
Kasallik holatiga qarab shifokor endokrinolog maslahati bilan qabul qilinadi.
🚫NOJO»YA TA’SIRI 👇
—Ko»ngil aynish , qusish
— Diareya , meteorizm
— Qorinda noqulaylik xissi
— Jigar faoliyati buzilishi
— Vitamin B 12 ning so’rilishi buzilishi
— Qonda qand miqdori pasayib ketishi.
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Diabetik komada va koma oldi holatida
— Atsidoz va ketoatsidoz holatida
— Buyrak yetishmovchiligida
— Og’ir infeksion kasallik vaqtlari da qabul qilish mumkinmas
— Qonda qand miqdori past bo’lganda mumkinmas
— Gipoglikemik shokda
— Yurak yetishmovchilik kasalligida
— O’tkir miokard infarkti holatlarida
— O’tkir alkogoldan zaharlangan paytlarda mumkinmas
— Tomir ichiga yod kontrast moddalarni yuborgandagi holatlarda mumkinmas
💊ADMIN MASLAHATI 👇
Preparatni homiladorlik davrida qo’llashdan oldin shifokor endokrinolog bilan maslahat qiling.
——————————————————-
🔰GLYUKOFAJ ANALOGLARI 👇
Dozalari:
500 mg, 850mg, 1000mg
Ta’sir mexanizmi:
* Jigarda glukoneogenez jarayonini tormozlab, qonda glukoza miqdorini kamaytiradi.
* Periferiyada glukokozani utilizatsiyasini kuchaytirib, insulinga sezgirlikni oshiradi.
* Oshqozon-ichak traktidan glukozani so‘rilishini pasaytiradi
💊Tarkibida METFORMIN saqlovchi dori vositalari:
💊Asformin
💊Diaformin
💊Panfor
💊Siofor
💊Glukofaj
💊Glikomet
💊Bagomet
💊Insufor
💊Metfogamma
💊Glukovin
💊Glumet
💊Dianormet
💊Langerin
💊Meglifort
💊Meglukin
💊Metamin
💊Mefarmil
💊Tefor
💊Sukronorm
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Fransiya
@Farmakologiya_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,, ТАБЛЕТКА » kanali
Malumotlar
GLYUKOFAJ tabletkasi