GLUTION ampulasi

GLUTION ampulasi
glution ampulasi 65caf405bccbc

93b0659a56ad03b390563

GLUTION ampulasi

DO`STLARGA ULASHING:

Glution ampula 

#Глутион ампула 

?DORI SHAKLI ?

Liofizilirlangan poroshok ko’rinishida , erituvchisi bilan birgalikda . Erituvchisi ineksiya uchun suv — 4 ml.

?TARKIBI ?

Glutation moddasi — 600 mg dozada.

?TA’SIRIGA KO’RA ?

Zaharlanish va intoksikatsiya holatlarida qo’llaniladi. Antidot, antioksidant , gepatoprotektor va immunomodulyator ta’sirga ega vosita.

?QO’LLANILISHI ?

— Jigarning toksik , alkogol , virus va boshqa narsalardan zaharlanishlarida qo’llaniladi.

— Jigarning antibiotik , kontratseptiv , virusga qarshi dori vositalar oqibatida va dorilardan zaharlanish holatlarida qo’llaniladi.

— Jigar sirrozida , sirroz oldi xolatida va jigar ichi xolestazi kasalliklarida qo’llaniladi.

— Operatsiyadan keyingi narkoz og’ir holatlaridan tiklanish uchun .

— Jigar yetishmovchiligida va alkogoldan zaharlanishda va o’rganib qolish kabi holatlarda.

— Parkinsonizm va Altsgeymer kasalligida qo’llanadi.

— Stress va depressiv holatdagi jigar faoliyati buzilishida qollaniladi.

— Qandli diabet va tireotoksikoz holatida qo’llaniladi.

— Ateroskleroz va artritlarda qo’llaniladi.

— Buyrak yetishmovchiligida , nefritda va nefropatiyada qo’llaniladi.

— Oligospermiya ( spermaning soni kamayishi holatida ) qo’llash mumkin.

— Surunkali bronxitda , pnevmoniyada va o’pka tuberkulyozida qo’llaniladi.

— Yurak ishemik kasalligida , bepushtlikda va psoriaz , vitiligo kabi teri kasalligida qo’llash mumkin.

?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?

Preparat kasallikning yengil holatlarida sutkasiga 1 flakon glutionni mushak orasiga , vena ichiga ( sekin yuborish kerak 2 — 3 minut davomida ) va osma ichiga qo’shib tomchilab jo’natish mumkin. Kasallikning og’ir holatlarida esa sutkasiga 2 flakon qo’llash mumkin ( Faqat shifokor maslahati bilan qabul qiling ).

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Bosh og’rigi va bosh aylanishi

— Ko’ngil aynishi , qusishi

QO’LLASH MUMKINMAS ?

Preparatga allergik reaksiya bo’lganda mumkin emas.

?ESLATMA ?

Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahatlashing.

?NARXI ?

10 ta flakon — 320 ming so’m

?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Italiya.

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,,ТАБЛЕТКА » kanali

GLUTION ampulasi