GLOMERULONEFRIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GLOMERULONEFRIT haqida malumot bilib oling.

GLOMERULONEFRIT (yun. glomerulo — buyrak koptokchasi, nephritis — buyrak yalligʻlanishi) — buyrak kalavachalarining infeksion-allergik yalligʻlanishi. Yuqumli kasallikdan soʻng rivojlanadi. Kasallik patogenezida immun birikmalar yetakchi rol oʻynaydi. Glomerulonefritda bemorning qon bosimi koʻtariladi, siydikda qon yoki oqsil paydo boʻladi. Siydik kam ajralib, badan shishishi ham mumkin (yana q. Nefrit).

Ensiklopediya.uz
Glomerulonefrit