
GLIVITSE haqida malumot bilib oling.
GLIVITSE — Polshaning jan.gʻarbidagi shahar, Katovitse voyevodaligida. Aholisi 215 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. tuguni, Glivitse kanali boʻyidagi muhim daryo porti. Yuqori Sileziya toshkoʻmir havzasining eng muhim markazlaridan biri. Ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo, poʻlat eritish korxonalari, koʻmir shaxtalari, politexnika in-ti, ilmiy tadqiqot in-tlari bor. G. shaxar sifatida 13-a. oxiridan maʼlum.
Ensiklopediya.uz
GLIVITSE