GLITSEVIT tabletka
Glitsevit tabletka #Глицевит таблетка ?DORI SHAKLI ? Tabletka ?TARKIBI ? GAMK , glitsin , glutamin , vitamin B 6, vitamin B 9 ?TA’SIRIGA KO’RA ? Tinchlantiruvchi va asab hujayralarini quvvat bilan ta’minlaydi. ?QO’LLANILISHI ? — Asab hujayralarini quvvat bilan ta’minlaydi va normallashtiradi. — Kislorod yetishmovchiliga qarshi ta’sirga ega. —Qon almashinuvini yaxshilaydi. — Organizmdan almashinuv natijasidagi zararli moddalarni chiqarib tashlaydi. — Ruhiy emotsional zo’riqish holatlarida qo’llaniladi. — Nerv sistemasining tormozlanish holatini kamaytiradi. — Asab hujayralarida modda almashinuvini yaxshilaydi. — Jigar hujayralarini toksinlardan himoya qiladi va ammiakni chiqarib yuboradi. — B 6 va B 9 vitaminlari ham organizmga foydali ta’si qiladi va asab , yurak qon tomir kasalliklarida yaxshi ta’sirga ega. — Asab tolalarini funksiyasini yaxshilash xossasiga ega. — Aqliy va jismoniy ishchanlikni oshirishda qo’llaniladi. — Aqliy va jismoniy zo’riqishlarni yengil o’tkazish uchun qo’llaniladi. — Barqaror ruhiy holatni , ayniqsa toliqish paytlarida saqlab turish uchun qo’llaniladi. — Fikrlash va diqqat e’tiborni kuchaytirishga yordam beradi. — Xotirani mustahkamlashda buyuriladi. — Qon aylanishini yaxshilaydi va miyani ozuqa va kislorod bilan ta’minlaydi. — Aqliy faoliyatni juda yaxshi oshiradi. — Ruhiy emotsional holatni saqlab turishda foydalaniladi. — Uyquni yaxshilaydi . — Haddan tashqari qiziqqonlik va kayfiyatning keskin o’zgarishidan asraydi. ?QO’LLASH USULI VA DOZASI? Kattalar va 12 yoshdan katta bo’lgan bolalar uchun kuniga 2 — 3 mahal 1 tabletkadan ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi. Davolash kursi 1 — 2 oy . ?NOJO’YA TA’SIRI ? Nojo’ya ta’siri haqida ma’lumotlar olinmagan. ❌QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga allergik reaksiya bo’lganda. — Xomilador va emizikli ayollarga mumkin emas. ?Preparat yaxshi vosita hisoblanadi . ? NARXI — 30 donasi 102 ming so’m. ?Qo’llash — retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi — Pakistan. @FARMAKOLOGIYA_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,, ТАБЛЕТКА » kanaliGLITSEVIT tabletka
DO`STLARGA ULASHING:
GLITSEVIT tabletka