GLIKOZIDLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GLIKOZIDLAR haqida malumot bilib oling.

GLIKOZIDLAR — molekulalari uglevod bilan biror organik birikma qoldigʻi (aglikon)ning glikozid bogʻ orqali birikishidan hosil boʻlgan organik moddalar. Ularning koʻpchiligi kristall, achchiq taʼm va oʻziga xos xidli birikmalardir. Oʻsimliklarda koʻp uchraydi, ularda turli moddalar Glikozidlar shakliga kiradi va shu shaklda saqlanadi. Hayvonlar organizmida ham Glikozidlar borligi aniqlangan. Moddalar almashinuvida Glikozidlarning ahamiyati beqiyos. Achchiq bodom, oʻrik, shaftoli, olxoʻrining bargi va danagida buladigan amigdalin; gorchitsa va xrendagi — sinigrin; kartoshkadagi — solanin hamda oʻsimliklarni boʻyovchi — antotsianinlar eng muhim Glikozidlar qatoriga kiritiladi. Ularning ayrimlari (azonin, strofantin) tibbiyot amaliyotida, ayniqsa yurak-tomir kasalliklarida (yurak G. i.) qoʻllaniladi. Hayvonlar miyasidagi serebrozidlar va streptomitsin antibiotigi ham Glikozidlarga kiradi.

Ensiklopediya.uz
GLIKOZIDLAR