GLIKOLLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GLIKOLLAR haqida malumot bilib oling.

GLIKOLLAR (yun. glykys — shirin) , alkandiollar, ikki atomli spirtlar — alifatik qatorning umumiy formulasi SpN2p(ON)2 boʻlgan qoʻsh gidroksil guruhli organik birikmalar. Eng oddiy vakili etilenglikol NOSN2—SN2ON. Tu-ban Glikollar — suv va spirtda yaxshi eriydigan rangsiz qovushqoq suyukliklar, yuqori Glikollar — spirt va efirda yaxshi, suvda yomon eriydigan qattiq moddalar.

Glikollar kimyoviy xossalari jihatdan bir atomli spirtlarga oʻxshaydi. Glikollar ishkrriy metallar va ularning gidroksidlari bilan glikolyatlar, bir asosli karbon kislotalar, ularning angidridlari yoki xlorangidridlari bilan murakkab mono – va diefirlar, ikki asosli kislotalar va ularning hosilalari bilan murakkab poliefirlar, quyi molekulyar ikki asosli kislotalar va ularning efirlari bilan siklik birikmalar hosil qiladi. Glikollar tegishli digalogenidlarni yoki xlorgidrinlarni gidroliz qilib, 1,2-G. esa tegishli epoksid yoki olefinlardan gidratatsiya usulida olinadi. Yuksak Glikollarning murakkab efirlari erituvchilar va plastifikatorlar sifatida ishlatiladi. Ular antifrizlar, gidravlik suyuqliklar olishda, Glikollar efirlari sintezida, poliefir smolalar i. ch. da qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
GLIKOLLAR