GLEDICHIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GLEDICHIYA haqida malumot bilib oling.

GLEDICHIYA, tikandaraxt (Gleditshia) — burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bargi qoʻsh patsimon murakkab. Gullari bir jinsli., aktinomorf, mayda, koʻkish, barg qoʻltigʻidan chiqqan boshoqsimon chochoq toʻpgulda joylashgan. Dukkagi yirik, uzun, jigarrang, Shim. va Jan. Amerikada, Jan. Osiyoda va Afrika tropiklarida 12 turi maʼlum. Shim. Amerikadan kelib chiqqan tikanli Gledichiya (G. tricanthos) Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrimda ekiladi. Tez usadi, boʻyi 40 m gacha boʻladi. May—iyunda gullaydi; qurgʻoqchilikka chidamli, qattiq tikanli, yashil devor hosil qilish uchun ekiladi. Gledichiyaning guli nektarga boy.

Ensiklopediya.uz
GLEDICHIYA