GLAZKOV MADANIYATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GLAZKOV MADANIYATI haqida malumot bilib oling.

GLAZKOV MADANIYATI — mil. av. 18—13-a. larda Baykal koʻli atrofida yashagan qabilalarning ilk jez davriga oid madaniyati. Birinchi marta Irkutsk sh. yaqinidagi Glazkov qabristoni (Irkut daryosining Angaraga quyilish joyi) da topilgani uchun shu nom bilan ataladi. Qazish ishlari 1887-y. dan boshlangan. Keyingi davrda arxeolog A. P. Okladnikov tekshirgan. Buyerda yashagan qabilalar ovchilik va terimchilik bilan shugʻullangan. Mehnat qurollarini toshdan, zeb-ziynat buyumlarini nefrit, sadaf va suyakdan yasagan. Suyak va metalldan qoshiq, qarmoq, choʻkich, yey, garpun, pichoq, igna, bigiz, halqasimon bilaguzuk va odam haykalchalari tayyorlangan. Topilmalar orasida mis va jezdan ishlangan buyumlar ham uchraydi. Qabilalar ijtimoiy hayotida patriarxal qulchilik belgilari, shomoniylik dinining dastlabki kurtaklari yuzaga kela boshlagan. Glazkov madaniyatini yaratgan qabilalarning hoz. tungus, evenk va yukagir xalqlarining ajdodi ekanligini arxeologik topilmalar bilan birga xalq ogʻzaki ijodi namunalari va antropologik maʼlumotlar qam tasdiqlamoqda.

Ensiklopediya.uz
GLAZKOV MADANIYATI