GLADIATORLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GLADIATORLAR haqida malumot bilib oling.

GLADIATORLAR (lat. gladius — shamshir) — Qad. Rimda maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan, oʻzaro yoki yovvoyi hayvonlar bilan kurashishga majbur qilingan baquvvat, jasur qullar, harbiy asirlar. Maxsus maktabda oʻqiganlar (Rimda, Kapuyada). Rimda birinchi Gladiatorlar jangi mil. av. 264-y. da boʻlgan. Gladiatorlar jangi zodagonlarning koʻngil ochish tomoshasiga aylangan. Gladiatorlar bir necha bor quldorlarga qarshi bosh koʻtarganlar. Gladiator Spartak rahbarligidagi qoʻzgʻolon (k,. Spartak qoʻzgʻoloni) shularning biri. Gladiatorlar jangi 5-a. dan eʼtiboran barham topgan.

Ensiklopediya.uz
GLADIATORLAR