GIZA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIZA haqida malumot bilib oling.

GIZAMisr (Qohira yaqini)dagi meʼmoriy yodgorliklar saklangan shahar. Qad. Misrning Memfis sh. hududida Misr firʼavnlari Xeops, Xefren va Mikerinlarga atab barpo etilgan ehrom (piramida)lar ansambli (mil. av. 3-a.).

Eng ulkan inshoot Xeops ehromi (bal. 146,6 m, tomonlar asosi 233 m, meʼmori Xemiun) ohaktosh boʻlaklari (ogʻirligi 2,5 t dan 30 t gacha, hammasi taxm. 2300 ming dona) bilan qoplangan: Xefren ehromi (ohaktosh, bal. 143,5 m, tomonlar asosi 215,25 m) yaqinidagi ibodatxonaning hashamatli zali qirrali ustunlar bilan bezatilgan. «Katta sfinks» (uz. 57 m, bal. 20 m, mil. av. 3-a.) qoyalarda joylashgan. Mikerin ehromi (bal. 62 m, tomonlar asosi 108,4 m) «Dunyoning yetti moʻjizasi» tarkibiga kirgan. Har bir ehromga sharqdan ibodatxonalar tutashgan boʻlib, ular oʻtish yoʻllari orqali bir-biri bilan bogʻlangan. Ibodatxonamaqbaralar (aslzodalarning 2-6-sulolalari dafn etilgan 7 mingdan ortiq qabrlar joylashgan), kichik exromlar, mastabalar bor.

Ensiklopediya.uz
GIZA