GISTEREZISLI ELEKTR DVIGATEL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GISTEREZISLI ELEKTR DVIGATEL haqida malumot bilib oling.

GISTEREZISLI ELEKTR DVIGATELelektr dvigatelining bir turi. Rotori silindr yoki disk shaklida chulgʻamsiz qilib ishlanadi. Gisterezisli elektr dvigatelning yurgizish momenti rotor materialidagi gisterezis hodisasi asosida, aylantirish momenti esa rotorning qoldiq magnit maydoni bilan statorning aylanish maydoni kesishishidan hosil boʻladi. Gisterezisli elektr dvigatel boshqaturdagi elektr dvigatellariga nisbatan ish koʻrsatkichlari yaxshi, mustahkam, koʻpga chidaydi, shovqinsiz va turli tezliklarda ishlay oladi. Kam quvvatli elektr yuritmalari va avtomatik boshqarish tizimlarida ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
GISTEREZISLI ELEKTR DVIGATEL