GISTEREZIS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GISTEREZIS haqida malumot bilib oling.

GISTEREZIS (yun. hysteresis — orqada qolish, kechikish) — tashqi kuch taʼsirida jismda paydo boʻladigan «qoldiq» xossa. Magnit, dielektrik va elastik xillari boʻladi. Tashqi magnit maydoni taʼsirida jismda magnit xossasi qolishi magnit Gisterezis deyiladi. Agar magnit maydoniga joylashtirilgan temir, nikel va b. ning magnitlanishi bilan magnit maydon kuchlanganligi N orasidagi bogʻlanish egri chiziq orqali ifodalansa, magnitsizlanishda bu bogʻlanish egri chiziq 2 bilan ifodalanadi. Magnit maydonini +N dan —# gacha oʻzgartirib, tajriba takrorlansa, egri chiziq 3 chiziladi; bu chiziqlar Gisterezis yaprogʻini hosil qiladi. Magnit Gisterezis qoldiq magnetizm deyiladi. Baʼzi dielektrik (segnetoelektrik) materiallarda ham elektr G. hodisasi kuzatiladi (dielektrik Gisterezis). Dielektrik (mas, segnet tuzi) oʻzgaruvchi elektr maydoniga joylashtirilganda yuz beradigan Gisterezis hodisasi elektr maydoni kuchlanganligi Ye bilan dielektrikning qutblanishi R orasidagi bogʻlanish grafigi (G. yaprogʻi) bilan ifodalanadi. Dielektriklar oʻz-oʻzidan qutblanish xossasiga va domenlarga ega boʻladi. Deformatsiya tufayli ham Gisterezis yaprogʻi hosil boʻladi (elastik Gisterezis), buning uchun elastik qattiq jismga osilgan yuk asta-sekin koʻpaytirilib, soʻng kamaytiriladi. Kimyoviy jarayonlarda xam Gisterezis hodisasi roʻy beradi, mas,sorbsion Gisterezis, bunda adsorbsiya va desorbsiya hodisalari tufayli kimyoviy jarayon grafigi Gisterezis yaprogʻini hosil qiladi. Gisterezis hodisasidan texnikada keng foydalaniladi (mas, yurgizish reostati, Gisterezis dvigateli va b.).

Ensiklopediya.uz
GISTEREZIS