GIS TUTAMI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIS TUTAMI haqida malumot bilib oling.

GIS TUTAMI (nemis olimi V. Gis nomidan) , Gistovar tutami, atrioventrikulyar tutam — yurak oʻtkazuvchi sistemasining bir qismi. Yurakning boʻlmacha bilan qorinchasi oraligʻida (oʻng boʻlmacha devorida) joylashgan. Gis tutami orqali boʻlmachalarning qisqarish toʻlqinlari qorinchalarga oʻtadi. Shunday qilib, yurakning oʻtkazish yoʻli yurak boʻlmachalari bilan qorinchalar oʻrtasida qisqarish (sistola) va boʻshashish (diastola) ritmini tartibga solib turadi.

Ensiklopediya.uz
GIS TUTAMI