GIROMAGNIT NISBAT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIROMAGNIT NISBAT haqida malumot bilib oling.

GIROMAGNIT NISBATelementar zarralar (atom, elektron va h. k.) magnit momentining ularning impuls momenti (harakat miqdori momenti) ga nisbati. Har qanday elementar zarra noldan farkli impuls momenti spiniga ega, demak Giromagnit nisbat anik, qiymatli boʻladi. Atomlar sistemasining har xil holati uchun Giromagnit nisbat r=g-F0 formula bilan aniqlanadi, bunda Go — G. n. birligi, (g-faktor — magnit ajralish faktori) — Lande koʻpaytuvchisi. Bu iborani nemis fizigi A. Lande 1921-y. da fanga kiritgan. Giromagnit nisbat birligi qilib atomda orbita boʻyicha harakat qilayotgan elektronning Giromagnit nisbati —4-(i0 — qabul qilingan, bunda u0 — magnit doimiysi, ye — elektron zaryadi va te — uning massasi. Yadrolar uchun esa protonning Giromagnit nisbati qabul qilingan, yaʼni – u s0 – ^ — , bunda tr — proton massasi. Giromagnit nisbat kattaligi modda (jism)ning magnit xossalarini, magnitlanish jarayonlarini, magnitomexanik — giromagnit hodisalarni tushuntirib berishga imkon beradi.

Ensiklopediya.uz
GIROMAGNIT NISBAT