GIROMAGNIT CHASTOTA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIROMAGNIT CHASTOTA haqida malumot bilib oling.

GIROMAGNIT CHASTOTA, siklotron chastotasi — zarralar (elektronlar, protonlar va b.) doimiy magnit maydoniga kiritilganda ularning shu maydon yoʻnalishi atrofida qiladigan aylanma harakati chastotasi. Bunda zarra impuls momenti (magnit momenti) ning vektori magnit maydon kuchlanganligining vektori atrofida burchak hosil etib (konus sirt chizib) tekis aylanma harakat qiladi (q. Pretsessiya). Larmor teoremasiga asosan, aylanma harakat siklik chastotasi (yaʼni burchak tezligi) Q giromagnit nisbat G ga va magnit maydon kuchlanganligi N ga bogʻliq: Q. =GN. Magnitomexanik va bir qancha magnitooptik hodisalarni tushuntiriщda ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
GIROMAGNIT CHASTOTA