GIROKOMPAS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIROKOMPAS haqida malumot bilib oling.

GIROKOMPAS (giro… va kompas) — geografik meridianiga nisbatan kemalar yoʻlini koʻrsatib beruvchi asbob. Ishlash tarzi giroskop bilan Yerning sutkalik aylanishi xossalaridan foydalanishga asoslangan; bu gʻoyani fransuz olimi L. Fuko taklif qilgan. Girokompas kemalarning biror moʻljalga va b. kemalarga tomon yoʻnalishini aniqlash uchun ishlatiladi. Kemaning chayqalishi tufayli Girokompasning notoʻgʻri koʻrsatishi maxsus moslamalar yordamida tuzatib turiladi. Girokompasning kamchiligi shuki, qutb kengliklarida yoʻnaltirish kuchi kamayadi.

Ensiklopediya.uz
GIROKOMPAS