GIRLANDAYO haqida malumot bilib oling.
GIRLANDAYO (Ghirlandaio, asli di Tommazo Bigardi, di Tommaso Bigardi) Domeniko (1449 — Florensiya — 1494.11.1) — italiyalik rassom, Uygʻonish davri namoyandasi, Florensiya maktabiga mansub. A. Baldovinettidan taʼlim olgan. Girlandayo ijodining ilk davrlarida Florensiya va Niderlandiya rassomlaridan taʼsirlangan (San-Jiminyanodagi cherkov devoriy rasmlari, taxm. 1475 va b.) – Qad. sanʼatni oʻrganish Girlandayo uslubini toʻla shakllanishiga olib keldi. Santa-Trinita (1483 — 86), Santamariya Novella (1485—90) va b. cherkovlardagi turkum asarlari aniq kompozitsion qurilishi, tantanali mazmundagi vokealarning Florensiya binolari va maydonlari zaminida tasvirlanishi, maishiy lavhalar va zamondoshlari portretlarini asarlariga dadil kiritishi (diniy mazmun bilan real hayotning uygʻunlashtirilishi) bilan diqqatga sazovor. Girlandayo dastgoh asarlari qam yaratgan.
Ensiklopediya.uz
GIRLANDAYO