GIPSLI TUPROQLAR haqida malumot bilib oling.
GIPSLI TUPROQLAR — tarkibi da va gorizontlarida gips boʻlgan tuproklar. Gipsli tuproqlar quruq dasht, chala choʻl va choʻl tuproqlarida, shuningdek, shoʻrlangan tuproqlarda 10 sm gacha chuqurlikda (gips qatqaloqli tuproqlar) va 50 sm dan chuqurroqda (gipsli tuproqlar) uchraydi. Yarim gidrat (CaSO40,5H2O), gidrat (CaSO4H,O) va ikki gidrat (CaSO42H2O) koʻrinishlarda boʻladi. Tuproqda Gipsli tuproqlarning miqdori 30% va undan ortiq boʻlishi mumkin. Xloridlar (koʻpincha Gipsli tuproqlar qatlamlari bilan birga uchraydi) ishtirokida Gipsli tuproqlarning eruvchanligi ortadi. Shuning uchun tuproqda Gipsli tuproqlar miqdori 20% dan oshea, ekinlarning soʻlish koeffitsiyenti ham ortadi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonida Gipsli tuproqlar madaniy oʻsimliklar uchun zaharli oltingugurt (P)-oksidi va vodorod sulfid hosil qiladi. Tarkibida yoppasiga Gipsli tuproqlar gorizontlari boʻlgan tuproqlar sugʻorilganda oʻzanlar choʻkishi va shakli oʻzgarishi mumkin. Shuning uchun bunday tuproqlar oʻzlashtirilganda Gipsli tuproqlar li gorizont chuqurligi va qalinligini hisobga olish zarur. Shoʻrtobli tuproqlarninng fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilashda va oʻgʻit tarzida tuproqqa gips solinadi.
Ensiklopediya.uz
GIPSLI TUPROQLAR