GIPPOKRAT haqida malumot bilib oling.
GIPPOKRAT (Hippokrates), xi oslik Gippokrat (mil. av. 5-a. ning 2-yarmi) — yunon matematigi; geometriyadan birinchi izchil qoʻllanma muallifi. Bu qoʻllanma, chamasi, Yevklid, «Negizlar»ining dastlabki 4 kitobi mazmunini oʻz ichiga olgan. Doira kvadraturasi masalasini xal etish uchun u uchta oycha (q. Gippokrat oychalari) kvadraturasi masalasini yechgan. Gippokrat bir masalani yechishni ikkinchi qulayroq masalani yechish bilan almashtirish usuli asoschisi hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
GIPPOKRAT