GIPPARX haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPPARX haqida malumot bilib oling.

GIPPARX (Hipparchos) (mil. av. 180 yoki 190—125) — yunon astronomi. Astronomiya asoschilaridan biri. Kuyosh va Oyning koʻrinma harakatini xisoblash usulini takomillashtirgan. Yulduzlarni koʻrinma ravshanligi jihatidan 6 bosqichga boʻlib, ularni yulduz kattaliklari deb atagan. Tropik yilning davomiyligini (aniqxatosi 6 min.) oʻlchagan. Yerdan Oygacha boʻlgan masofani 50—60 Yer radiusiga teng deb olib, Oyning ulchamlarini aniqlagan. Gipparx 1000 yulduzni uz ichiga olgan yulduzlar jadvalini tuzgan, pretsessiya hodisasini kashf etgan. Quyoshning koʻrinma yillik harakatidagi notekislikka asoslanib, Quyosh orbitasining markazi Yer markazida emas, Quyosh b-n Yer orasidagi masofa oʻzgarib turadi, degan xulosaga kelgan. Gipparx asarlari va jadvali bizgacha yetib kelmagan. Uning ishlari haqidagi maʼlumotlar Ptolemeynit «Almagest» asarida saqlanib qolgan.

Ensiklopediya.uz
GIPPARX