GIPOSTAZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPOSTAZ haqida malumot bilib oling.

GIPOSTAZ (gipo… va yun. stasis — toʻxtash, turgʻunlik) — genlarning oʻzaro taʼsiri tiplaridan biri; bir gen taʼsirini xromosomaning boshqa qismida yoki boshqa xromosomalarda joylashadi, yaʼni allel boʻlmagan gen yoki genlar tomonidan fenotipda soʻndirilishi (q. Allellar). Taʼsiri soʻndirilgan gen gipostatik gen, gipostatik genlar taʼsirini soʻndiruvchi genlar esa epistatik genlar deyiladi (q. Epistaz). Genetik jihatdan oʻzaro oʻxshash boʻlmagan organizmlar chatishtirilganida Gipostaz belgilar nisbatini 2-avlodda oʻzgarishiga olib kelishi mumkin; bunday qollarda oʻzgarishning xususiyati epistatik genning gipostatik genga nisbatan dominantligi yoki retsessivligiga bogʻliq. Ikki gen dominant boʻlganida 2-avlod fenotipida belgilarning ajralishi Mendel qonunlari boʻyicha 9:3:3:1 nisbatda emas, balki 12:3:1 nisbatda sodir boʻladi. Mas, donining rangi boʻyicha dominant qora (A) va kulrang (V) genlarga ega boʻlgan suli navlari chatishtirilganida A va V genga ega boʻlgan avlodlarda faqat A gen fenotipda yuzaga chiqishi mumkin. Bunday holda ajralish 12 ta qora, 3 ta kulrang va 1 ta oq nisbatda sodir boʻladi. Epistatik va gipostatik genlar retsessiv boʻlganida esa 9:3:4 nisbatda ajralish roʻy beradi.

Ensiklopediya.uz
GIPOSTAZ