GIPOKAPNIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPOKAPNIYA haqida malumot bilib oling.

GIPOKAPNIYA (gipo… va yun. kapnos — tutun) — qonda karbonat angidrid (SO2)ning kamayishi. Sof kisloroddan yoki SO2 kamaygan havodan hamda atmosfera bosimi past sharoitda nafas olganda, halloslaganda, shuningdek, sunʼiy nafas oldirilganda kuzatiladi. Qonda kislorod yetishmasligi karotid sinus xemoretseptorlarini taʼsirlab, nafas olishni tezlatadi, natijada SO2 alveolyar havodan va qondan chiqib ketadi.

Ensiklopediya.uz
GIPOKAPNIYA