GIPOIDLI UZATMA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPOIDLI UZATMA haqida malumot bilib oling.

GIPOIDLI UZATMA — vintli tishli uzatma; ayqash oʻqli konussimon tishli gʻildirakdan iborat. Gʻildiraklarning tishlari qiyshiq va egri chiziqli boʻlishi mumkin. Shovqinsiz ishlashi, katta zoʻriqishlarga chidamliligi bilan boshqa uzatmalardan farq qiladi. Ish vaqtida tishlarda koʻndalang va boʻylama ishqalanish paydo boʻladi, shuning uchun tishlar doimo moylab turiladi. Avtomobil va traktorlar, teplovozlar, toʻqimachilik stanoklari va b. da qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
GIPOIDLI UZATMA