GIPOGEN MINERALLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPOGEN MINERALLAR haqida malumot bilib oling.

GIPOGEN MINERALLAR — (gipo… va yun. genes — kelib chiqishi) — Yer poʻstining chuqur qismida mineral hosil boʻlish jarayonlari natijasida vujudga keladigan minerallar. Gipogen minerallarga silikatli va sulfid oksidli magmaning kristallanishidan hosil boʻlgan minerallar (dala shpatlari, piroksenlar, olivin, xromit, titanomagnetit va b.), gazsimon birikmalarga boy qoldiq (pegmatit) eritma minerallari (slyudalar, topaz, berill va b.), kontakt-metasomatik minerallar (granatlar, vezuvianlar, magnetit, sheyelit va b.), gidrotermal ruda tomirlari minerallari (flyuorit, volframit, kassiterit va b.) va vulkan buglari minerallari (oltingugurt va b.) kiradi. Gipogen minerallar paydo boʻlish jarayoni gipo gen jarayonlar deyiladi. Gipogen minerallarning koʻplari Yerning yuza qismida barqaror emas va nurash natijasida gipergen minerallarga aylanadi. Gipogen minerallar turini aniqlash ular bilan bogʻliq boʻlgan foydali qazilmalarni qidirib topishga imkon beradi.

Ensiklopediya.uz
GIPOGEN MINERALLAR