GIPERTIREOZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPERTIREOZ haqida malumot bilib oling.

GIPERTIREOZ [giper… va lot. (glandula) thyreoidea — qalqonsimon bez] — qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi. Odatda, vaqtincha, maʼlum fiziologik sharoitlarda (homiladorlik, balogʻatga yetish, klimakteriya davri va h. k.) roʻy beradi. Ruhiy shikastlanish, baʼzan har xil kasalliklar (sil, revmatizm va b.), kamdan-kam hollarda boshdan kechirilgan kasalliklar oqibatida kelib chikadi. Gipertireozda bemor tez charchaydi, pulsi tezlashadi, qoʻli qaltiraydi, qattiq terlaydi, asosiy moddalar almashinuvi tezlashadi, ozib ketadi (yana q. Tireotoksikoz).

Ensiklopediya.uz
GIPERTIREOZ