GIPERTERMIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPERTERMIYA haqida malumot bilib oling.

GIPERTERMIYA (giper… va yun. Therme — issiq) , organizmning qizishi, issiq elitishiodam va hayvon organizmida ortiqcha issiqlik toʻplanishi, haroratning juda yuqori boʻlishi. Tashqi omillar (mas, harorati nihoyatda yuqori boʻlgan i. ch. korxonalari, tashqi muhit sharoitlari) yoki bosh miya kasalliklari (miya shikastlari, miyaga qon quyilishi, oʻsma paydo boʻlishi), issiqlikni nazorat qilish markazining izdan chiqishi (q. Termoregulyatsiya) sabab boʻladi. Agar gavda harorati 41—42° ga yetsa, issiq elitishi kuzatiladi, bunda moddalar almashinuvi, qon aylanishi, miyaning kislorod bilan taʼminlanishi va b. faoliyatlar izdan chiqadi. Muskullarning zoʻriqishi, mastlik, narkoz (asorati) holatlarida ham Gipertermiya roʻy berishi mumkin. Ayrim infeksion va nerv kasalliklarini davolashda sunʼiy Gipertermiya qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
GIPERTERMIYA