GIPERSTEN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPERSTEN haqida malumot bilib oling.

GIPERSTEN (giper… va yun. stenos — kuch, qattiqlik) — jins hosil qiluvchi mineral. Piroksenlar guruhiga mansub. Kimyoviy formulasi (Mg, Fe2+),[Si2O6]. Rombik singoniyali. Prizmatik kristallar va mayda donachalar holida uchraydi. Rangi toʻq yashil, qoʻngʻirdan qoragacha. Yaltiroqligi shishasimon. Qattiqligi 5—6. Zichligi —3300-3500 kg/m3. Oʻta asosli magmatik jinslarda uchraydi. RF (Slyudyanka), Ukraina (Golovin), Bavariya (Bodenmays), Kanada, Eron, Indoneziyada va b. mamlakatlarda topilgan. Oʻzbekistonda Chatqol (Shovozsoy), Qurama (Oqtepa, Qoʻrgʻoshin) va Tomditovda bor.

Ensiklopediya.uz
GIPERSTEN