GIPERPLAZIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIPERPLAZIYA haqida malumot bilib oling.

GIPERPLAZIYA (giper… va yun. Plasis — shakllanish, hosil boʻlish) — toʻqima va aʼzolar tuzilish elementlari (hujayralar)ning zoʻr berib koʻpayishi natijasida ular sonining ortishi. Giperplaziya odam, hayvon va oʻsimliklarda ham kuzatiladi. Giperplaziya asosan hujayraning yangidan qosil boʻlishidir, ammo hujayra ichidagi nozik tuzilmalar (yadro, yadrocha, mitoxondriya, ribosoma, lizosoma, endoplazmatik toʻr va h. k.)da ham Giperplaziya roʻy berishi mumkin, ayni vaqtda hujayra koʻpayishi b-n birga kattalashadi (yurakning muskul tolalaridagi; buyrak, jigar epiteliysining hujayralaridagi Giperplaziya). G. fiziologik (mas, homiladorlikda sut bezlari epiteliysining koʻpayishi), buzilgan funksiyani tiklaydigan regeneratsiya jarayoni (qon yoʻqotilgandan keyin yoki kamqonlikda qon yaratuvchi sistemadagi Giperplaziya), patologik (endokrin bezlar oʻzaro aloqasining buzilishi natijasida oʻsmalar oʻsishi va h. k.) boʻlishi mumkin. Giperplaziya baʼzan toʻqimalarning aynib, atipik ravishda oʻsishi va oʻsma hosil boʻlishiga olib keladi.

Ensiklopediya.uz
GIPERPLAZIYA